«Real» transfer bozorida faol iş olib bormoqda.
Marca naşri xabariga köra, Madrid klubidagilar joriy haftada yarimhimoyaçi Eden Azar («Çelsi»), hujumçi Luka Yoviç («Ayntraxt») va himoyaçi Ferlan Mendi («Lion») xaridlari böyiça işlarni yakunlaşni rejalaştirmoqda.
Boş murabbiy Zinedin Zidan bu futbolçilar jamoaning 8 iyul kuni boşlanadigan mavsumoldi tayyorgarlik yiğinida hozir bölişini istamoqda.
Eden Azarning transferi borasidagi muzokaralarda ijobiy siljiş kuzatilgan, tomonlar 110 million yevro va 15 million yevrolik bonuslar böyiça kelişib olişgan. Belgiyalik vinger transferi yaqin soatlarda e'lon qilinişi ham mumkin.
Serbiyalik hujumçi Luka Yoviç xaridi yuzasidan harakatlar kiçik tanaffusdan söng yana jonlangan. Futbolçining özi bilan bitim şartlari kelişib olingan, «Ayntraxt» 65-70 mln yevro evaziga asosiy töpurarini qöyib yuborişi kutilmoqda.
Fransiyalik himoyaçi Ferlan Mendi transferi böyiça esa «Lion» bilan kelişib olinişi zarur bölgan kiçik detallargina qolgan, xolos.











