Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyatiga taşrifi davomida viloyatning turizm, energetika, kimyo, metallurgiya sohalaridagi yirik iqtisodiy loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Ularga muvofiq, Toşkent viloyati Özbekistonning turistik markazlaridan biriga aylanişi kutilmoqda. Viloyatda Fransiya investorlari bilan hamkorlikda 515 million dollarlik zamonaviy toğ kurorti dam oliş maskanlari işga tuşiriladi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati.

“Çorvoq” erkin turistik zonasida xalqaro umummavsumiy va soğlomlaştiriş majmuasi bunyod etiladi. Prezident bu loyihalarni davlat-xususiy sektor şerikçiligi asosida keçiktirmay amalga oşirilişi kerakligini, bu esa iqtisodiyot yuksalişi va xalq farovonligi yölida xizmat qilişini ta'kidladi.

“Yurtboşimizga Toşkent viloyatida toğ-çanği kurortini yaratiş böyiça loyiha taklif etildi. Loyiha rejasi Fransiya kompaniyalari tomonidan işlab çiqildi. Unga köra, 40 kilometrdan ortiq turistik zona, 100 dan ziyod xizmat turi va 5 mingdan köproq mehmonxonalardagi yotoqlar, 3 mingdan ortiq iş joyi joriy etiladi. Toğli kurortlarimiz – Beldirsoy, Çimyon, Yusufxona va Nanayda bunyod etiladi”, - deydi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov.  

Şu bilan birga, u hozirgi kunda “Amirsoy”da 100 million dollardan ortiqqa baholangan loyiha amalga oşirilayotgani va u joriy yilning oktabr oyida işga tuşirilişini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, mazkur loyiha dunyodagi 15 ta eng yaxşi toğli kurortlar sirasiga kiradi. Uning atrofida mehmonxonalar, savdo zonalari va turli xizmatlar taşkil etiladi hamda yangi yöl quriladi. Hudud avtomobillar kiritilmaydigan ekozonaga aylantiriladi.

Bundan taşqari, Aziz Abduhakimov Toşkent viloyatida turistik “Oltin xalqa”ni yaratişga doir konsepsiya tayyorlanganini qayd etdi. “Oltin xalqa” Zangiota, Böstonliq, Parkent, Angren, Ohangaron, Böka va Çinoz hududlarini öz içiga qamrab oladi. Ta'kidlanişiça, bularning natijasida mehmonxonalar soni 4 baravar, mehmon uylari soni 3,5 baravardan köproqqa ortadi. Sayyohlar soni ham 2 baravarga oşişi kutilmoqda.