21 may kuni WyndhamTashkent mehmonxonasida Samsunğning bahoriy promo aksiyasi ğoliblarini aniqlaş marosimi ötkazildi. Tanlov şartlari juda oddiy bölib, unga köra 5 apreldan 5 maygaça televizor, sovitgiç yoki kir yuviş maşinasini xarid qilgan mijozlar quyidagi super-sovrinlar öyinida iştirok etişlari mumkin edi:

  • Sönggi rusumdagi kir yuviş maşinalari, sovitgiç, televizor, çangyutgiç va mikrotölqinli peçdan iborat sovğa töplami;
  • 10 ta sovitgiç;
  • 10 ta kir yuviş maşinasi;
  • 20 ta televizor;
  • 30 ta çangyutgiç;
  • 30 ta mikrotölqinli peç.

25 may kuni ötkazilgan rasmiy taqdirlaş marosimida ğoliblar öz sovrinlariga ega böldilar.

Biz aksiyada iştirok etib, Samsung kompaniyasining sovrinlarini qölga kiritgan baxtli ğoliblarimizning taassurotlariga qiziqdik.

Yelizaveta:

“Uç haftalar avval buvijonimizga kir yuviş maşinasi olgani bordik. Aksiya haqida sotuvçi-konsultant ma'lumot berib, unda iştirok etişga taklif qildi. Hujjatlarni töldirib, tanlov haqida biroz unutib ham yubordik. Juma kuni qönğiroq qilişdi. Avvaliga nima bölayotganini tuşunmadik. Dökonda bizga sovğalarimizni körsatişmaguniça ham eşitganlarimizga işonmadik. Eng qimmat va sönggi rusumdagi texnika sohiblariga aylanganimizdan xursandmiz. Samsunğga rahmat”.

Dilşod va Nigora:

“Biz yaqinda turmuş qurdik. Şuning uçun uyimizni jihozlay boşlagan edik. Dökonga çangyutgiç va televizor olişga borib, mana, katta Samsung sovitgiçini yutib oldik. Rafiqamga hazillaşib, bunaqa sovitgiç bilan supermarket ham oçsa böladi, deb qöyaman. A'lo kayfiyat va sovrin uçun taşakkur. Kelgusida ham Samsung aksiyalarida, albatta, qatnaşamiz”.

Malika:

“Öğlim bilan sovitgiç olgani keldik. Sotuvçi-konsultant amaldagi aksiyada qatnaşişga taklif etdi. Avvaliga öğlimni bu niyatdan qaytarib, “Ketdik, baribir heç narsa yutmaymiz”, dedim. Juma kuni esa bizga qönğiroq qilib, nafaqat oddiy sovrin, balki super töplam egasiga aylanganimizni ta'kidlaşdi. Bu öğlimning töyi oldidan ajoyib va kutilmagan sovğa böldi. Taşkilotçilarga taşakkur”.