5 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Rossiyaga amalga oşirgan davlat taşrifi doirasida Rossiya va Xitoy davlat rahbarlari iştirokida Moskvada dizayni rossiyalik mutaxassislar tomonidan işlangan VVER-1200 reaktorlariga ega “Syuydapu” AES 3- va 4-energobloklarini qurişga doir asosiy şartnomani imzolaş marosimi bölib ötdi.     

Hujjatlar “Rosatom” davlat korporatsiyasining injiniring divizioni va SNNC korporatsiyasi korxonalari (Xitoy Xalq Respublikasi) vakillari tomonidan imzolandi, deya xabar beradi "Rosatom" davlat korporatsiyasi.    

“Bugun biz yangi maydonda rossiyalik mutaxassislar tomonidan dizayni işlangan AES quriş loyihasining amaliy bosqiçiga ötdik. Tyanvan stansiyasi böyiça avval imzolangan şartnomani inobatga olib, oldimizda 2028 yilgaça xitoylik hamkorlarimiz bilan birgalikda törtta “3+” yangi avlod energobloklarini quriş vazifasi turibdi”, - dedi korporatsiya boş direktori Aleksey Lixaçev.  

Avvalroq, 2019 yilning mart oyida, VVER-1200 reaktorlariga ega, dizayni rossiyalik mutaxassislar tomonidan işlangan “Tyanvan” AES 7- va 8-energobloklarini qurişga doir şartnoma imzolangan edi. 

“Syuydapu” AES 3-blokini işga tuşiriş - 2027 yilga, 4-bloki ekspluatatsiyasi esa – 2028 yilga möljallangan. “Tyanvan” AES 7-blokini işga tuşiriş - 2026, 8-blokini esa – 2027 yilga rejalaştirilgan. 

Şartnomalarni tayyorlaş 2018 yil 8 iyun kuni RF prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga amalga oşirgan  davlat taşrifi davomida imzolangan bitimlarning  strategik paketiga muvofiq amalga oşirildi. Mazkur  bitimlar yaqin ön yillikda atom energetikasi sohasida Rossiya va Xitoy örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilab berdi.