O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Quyidagilar obodonlashtirish sohasida ishlarni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, obodonlashtirish sohasida normativ-huquqiy baza, standartlar, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish va yangilash;

tasdiqlangan strategiyalar asosida shaharlarning ko‘cha-yo‘l va jamoat joylarini kompleks rivojlantirishni ta'minlash, hududlarni obodonlashtirish masalalariga keng jamoatchilikni jalb qilish;

obodonlashtirish sohasida davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish;

obodonlashtirish boshqarmalarining kuch va resurslaridan oqilona foydalanish, ularning ishini optimallashtirish, qo‘l mehnatini kamaytirish, yuzaga kelayotgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga, shuningdek, samarali, shu jumladan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga yo‘naltirilgan innovatsion yechimlarni joriy qilish;

obodonlashtirish sohasi xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish darajasini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolar o‘rganish va metodologik ta'minlash uchun mas'ul organ etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida me'yoriy bazani takomillashtirish boshqarmasi tegishli ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini ko‘paytirib, 2 nafar qo‘shimcha shtat birligi ajratilgan holda Uy-joy kommunal xo‘jaligi va hududlarni obodonlashtirish sohalarining metodologik bazasini takomillashtirish boshqarmasiga aylantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklaridan joylarda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida zarur axborotni so‘rab olish huquqi berildi.

Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab: