Öz milliy jamoasida eng köp ğalabali öyin ötkazgan futbolçi maqomi Iker Kasilyasdan Serxio Ramosga ötdi.
Keça Yevro-2020 saralaşi doirasida Farer orollariga qarşi keçgan öyindagi muvaffaqiyat (4:1) Ramos uçun Ispaniya milliy jamoasidagi 122-ğalaba bölgan.

Bu borada Serxio darvozabon Iker Kasilyasning 7 yil oldin örnatilgan rekordini yangiladi.
Endilikda jahon miqyosida milliy jamoasi bilan eng köp öyinlarda ğalabaga erişgan futbolçilar yettiligi quyidagiça köriniş oldi:
1. Serxio Ramos (Ispaniya) - 122ta öyin
2. Iker Kasilyas (Ispaniya) - 121
3. Xavi (Ispaniya) - 100
4. Andres Inesta (Ispaniya) - 96
5. Ahmad Hassan (Misr) - 95
6. Lilian Tyuram (Fransiya) - 94
7. Kriştianu Ronaldu (Portugaliya) - 92
Eslatib ötamiz, keçagi öyinda Ramos faqat birinçi bölimda töp tepdi; 5-daqiqada Iskoning töp oşirişidan söng boşi bilan darvozani işğol etib, hisobni oçdi.
33 yoşli himoyaçi Ispaniya milliy jamoasi tarkibidagi oxirgi 7ta öyinida 6ta gol urgani e'tiborga molik.
Serxio «qizil furiya» tarkibida 2005 yilda debyut qilgan. Şunday buyon u jamoaning 164ta öyinida qatnaşib, 19ta gol urgan.
«Real» sardori 2008 va 2012 yillarda Yevropa, 2010 yilda jahon çempioni bölgan.












