«Bugun ertalab yangi boş murabbiydan qönğiroq böldi va u men qanday öyin namoyiş etmay, baribir milliy jamoada uning rejalaridan örin olmasligimni ma’lum qildi. Kelajakda ham meni çaqirmasligini tuşuntirdi. Afsuski, men hali davom etişiga umid qilgan sarguzaştim qisqaroq böladigan böldi.
Fikrimça, milliy jamoadagi ajoyib sarguzaştim yoşim bilan boğliq sabab bilan emas, öz qarorimga köra yakunlanişga munosib.
Messi, Modriç va Pepe singari öyinçilarga qoyil qolaman, havas qilaman, ammo endi menda bunday bölmaydi.
Öz mamlakati boş jamoasi şa’nini 180 marotaba şaraf bilan himoya qilgan şaxs sifatida milliy jamoamizni endi çetdan qöllab-quvvatlaşda davom etaman. Şunça yil menga doim işongan barçaga çin qalbdan rahmat!», - deya yozadi Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Seguiré animando a mi país desde casa con la emoción del privilegiado que ha podido representarlo orgulloso 180 veces. ¡Gracias de corazón a todos los que siempre creísteis en mí! ❤️💛❤️ pic.twitter.com/KzVldPhiqo
— Sergio Ramos (@SergioRamos) February 23, 2023
Eslatib ötamiz, 36 yoşli himoyaçi 2005-2021 yillar davomida Ispaniya milliy jamoasi şarafini himoya qilgan. U 180 öyinda maydonga tuşib, Ispaniya safida JÇ-2010 ğolibi va ikki karra Yevropa çempionligini qölga kiritgan.












