Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kuchli shamol Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning tomlarini uchirib ketdi
Bugun, 8 iyun kuni kuzatilgan kuchli shamol natijasida Toshkentning Olmazor tumanidagi yaqinda yopib bitkazilgan ko‘p qavatli uyning tomi ko‘chib tushib ketgan.
Kun.uz mobil muxbiri tomonidan yo‘llangan videolavhada Olmazor tumani Qoraqamish 2/4 mavzesidagi ko‘p qavatli uyning profnastil qoplangan tomi to‘liq ko‘chib tushgani va pastda turgan avtomobillarga hamda daraxtlarga jiddiy zarar yetkazgani ko‘rinadi.
Ma'lum qilinishicha, tomni yopish ishlari sifatsiz bajarilgani, profnastil va reykalar uy betonlariga mustahkam qotirilmagani tufayli qurilma qisqa muddat ichida yaroqsiz holga kelgan va qulab tushgan.
Hozircha jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026