Yaqinda Koreya safarida bölib qaytgan Kun.uz muxbiri sayt öquvçilarini bu yurtda işlayotgan özbeklar, ularning yaşaş şaroiti, muhojirlikdagi qiyinçiliklar va boşqa ma'lumotlar bilan taniştirib bormoqda.

Navbatdagi maqolamiz Koreyaning Busan viloyati Kimhe şahrida joylaşgan Imom al-Buxoriy jome masjididan tayyorlandi. Masjid imom xatibi Abduğoffor Ergaşev musulmonlar uçun yaratilgan şaroitlar, Musulmonlar idorasi tomonidan masjidda amalga oşirilayotgan xayrli işlar, özbek muhojirlari duç kelayotgan muammolar, bu muammolarning yeçimlari va boşqalar haqida öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Biz borgan vaqtda Ramazon oyi sababli iftorlikka tayyorgarlik işlari ketayotgan ekan. Ba'zi özbeklarimiz dasturxon tuzaş işlari bilan, bir qismi masjid oşxonasida palov tayyorlaş bilan band edi. Boşqalari esa öşa yerda Musulmonlar idorasi tomonidan ajratilgan kitoblar mutolaasi bilan şuğullanayotgan, ba'zilari Alloh zikri bilan maşğul edi.

Bu masjid xizmatidan nafaqat özbek muhojirlari, balki qirğizlar, qozoqlar, pokistonliklar, tojiklar, turklar va boşqa önlab millat vakillari foydalanişar ekan. Bizni masjid imom xatibi Abduğoffor aka kutib oldi.  

«Dinimiz böydoq yoşlarning yolğiz yaşaşiga ruxsat bermaydi»

«Ba'zi yoşlarimiz tahorat oliş, ğusl qilişni bilmaydi. Şuningdek, ba'zi yoşlarimiz Koreyaga kelganidan söng ijaraga uy olib yolğiz yaşaşmoqda. Ularga aytadigan gapim, şariat bunga ruxsat bermaydi. Ular albatta biror dösti yoki tanişi bilan yaşaşi tavsiya etiladi. Nega? Çunki yolğiz böydoqning xayollarini şayton öğirlaydi. Uni içkilikka, zinoga va dinimiz taqiqlagan boşqa qabih işlarga boşlaydi. Ular bu holatdan ehtiyot bölişi talab etiladi», - dedi Abduğoffor aka.

Jönatilgan pul sabab ham oilalarda sovuqçilik tuşiş holatlari kuzatilmoqda

«Bu yerdagi eng katta muammolardan biri, yoşlarimiz orasida öz joniga qasd qiliş hollari köpayib ketgan. Bunga turli sabablar bor. Aksariyati arzimas sabablar.

Misol tariqasida ulardan birini aytib ötaman. Yoşgina kuyov Koreyaga mehnat şartnomasi asosida işlaşga kelgan. Bir-ikki söm topgaç, uyiga pul jönatadi. Pul sababli kelişa olmagan kelin va qaynona örtasiga sovuqçilik tuşadi. U bu yerdalik vaqtida oilasida janjal boşlanadi. Bundan muhojirlikda rizq topayotgan kuyov qattiq stress holatiga tuşib, iş joyida yoki uyga qaytgaç öz joniga qasd qilmoqda.