Hongkongda jinoyatçilikda gumon qilinganlarni Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qiliş haqidagi qonun tufayli bir neça kun oldin boşlangan ommaviy namoyişlar yangi bosqiçga ötdi. 12 iyun kuni tongda minglab namoyişçilar hukumat binolari joylaşgan hududga olib boruvçi yöllarni tösib qöydi.

Köçaga çiqqanlarning aksari - yoşlar va talabalar, ularning köpçilik qismi niqoblar taqib, şlemlar kiygan. Politsiyaçilar ularni közdan yoş oqizuvçi gaz bilan tarqatib yuborişga harakat qildi, kuç işlatilişi ham mumkinligi ma'lum qilindi.

Hongkong qonunçilik kengaşi 12 iyun kuni qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqişi kerak edi, namoyişlar tufayli hukumat buni keyinga qoldirişga qaror qilgan. Mahalliy naşrlar xabariga köra, yakuniy hujjat 20 iyun kuni qabul qilinişi mumkin.

Qonun loyihasi haqidagi xabarlardan keyin 9 iyun kuni norozi odamlar köçalarga çiqdi. Bu miting 1997 yildan buyon kuzatilgan eng yirik namoyişlarga aylandi - norasmiy manbalarga köra namoyişlarda milliondan ortiq kişi iştirok etdi.

Hukumatning ayrim vakillariga ölim bilan tahdid qilindi.

Qonun loyihasi XXR, Tayvan va Makao hukumatlari tomonidan yöllangan ekstraditsiya böyiça sörovlarni körib çiqişni közda tutadi. Hozirda Hongkongda bunday kelişuv mavjud emas. Hukumat bunday çoralar faqat jiddiy jinoyatlarda (qotillik va zöravonlik) ayblanganlarga taalluqli bölişini bildirgan. Sud har bir holat böyiça alohida qaror çiqaradi. Qonun tarafdorlari ekstraditsiya siyosiy jinoyatlarda ayblanganlarga qöllanmasligiga işontirişmoqda. Ammo hujjat tanqidçilari buning aksini aytişmoqda, ular XXR sud tizimi qiynoqlarga ruxsat berişini eslatişmoqda.