Taşqarida havo isigani sari insonlar ham köproq terlaşni boşlaydi– bu esa organizmning tabiiy holati. Biroq bu holatga köz yumib, noqulay ahvolda yuriş yaramaydi.

Foto: ECO DRY

Har kuni iş, uy yumuşlari, tuşlik, keçki ovqat – bularning bari mendan katta quvvatni talab qiladi. Ayniqsa, muhim uçraşuvlar vaqtida siz doimo suhbatdoşingizda yoqimli taassurotlar qoldirişingiz kerak. Şu sababli, yozda men, avvalambor, organizmni tetik tutişga va ortiqça terlaşdan himoyalanişga harakat qilaman.

Xöş, qanday qilib terlaşga qarşi kuraşiş mumkin? Yoqimsiz hidlardan himoyalanişning imkoni bormi? Sizlarga öz tajribamda qöllagan ajoyib usulni tavsiya etaman.

Foto: ECO DRY
  1. Tez-tez duş qabul qiliş.

Yoz kelişi bilan tongda hamda keçki vaqt duş qabul qilişga odatlaning. Bu nafaqat kun davomida ajralib çiqqan terni tozalaşga, balki tanangiz tetik va mayin bölişiga ham yordam beradi. Siz tanangizni qançalik toza saqlasangiz, yoqimsiz terlaş ehtimoli şunçaga kamayadi.

  1. Töğri ovqatlaniş.

Ha, ha, aynan taomlarni töğri tanlab iste'mol qiliş ham terlaşga bevosita öz ta'sirini körsatadi. Öz taomnomangizga mevalar, pişloq, tvorog va tabiiy yogurtlarni qöşişga harakat qiling. Qaynoq, aççiq taomlar, sarimsoq, piyoz, karri va boşqa oziq-ovqatlar ham köp ter ajralişi va badböy hidga sabab böladi.

Foto: ECO DRY
  1. Qulay libosni tanlaş

Kiyimlarni tanlaganda ham doimo e'tiborli böling.  Sintetik matodan tikilgan liboslar havo ötkazmaydi va kuçli terlaşga sabab böladi. Uning natijasida esa bakteriyalar rivojlanib, badböy hid paydo böladi. Ayniqsa, yozda havo ötkazuvçi, paxtadan tayyorlangan kiyimlarni kiyiş maqsadga muvofiq. Hattoki, şifokorlar ham şuni tavsiya etadi!