Qon quyiş muvaffaqiyatli bölişi uçun bemor va donorning qon guruhi bir-biriga mos tuşişi lozim. Britaniya Kolumbiyasi universiteti (Kanada) tadqiqotçilari inson içagida ikkinçi qon guruhini universal qonga aylantiruvçi ikkita fermentni işlab çiqaruvçi mikroorganizmlarni aniqlaşdi. Mutaxassislarning fikriça, tadqiqot muvaffaqiyatli keçsa, donorlik va qon quyiş sohasida inqilob yasaşi mumkin.
Odatda odamlar 4 qon guruhidan biriga ega bölişadi. Bu qon guruhlari qizil qon hujayralari sirtidagi şakar molekulalari bilan aniqlanadi. Agar bir odamga boşqa guruhdagi qon quyilsa, uning immun tizimi özga eritrotsitlarga hujum qila boşlaşi mumkin. Birinçi qon guruhi universal hisoblanadi, çunki unda boşqa qon guruhlari böyiça nomutanosiblik yöq.
Olimlar universal qon zaxiralarini köpaytiriş uçun eng köp tarqalgan ikkinçi qon guruhidan uni aniqlovçi antigenlarni olib taşlab, uni universal qonga aylantirişga harakat qilişgan. 4 yillik urinişlardan keyin mutaxassislar inson içagi bakteriyalari orasida ikkinçi guruh qonidagi “ortiqça” şakar molekulalarini yöqotuvçi moddani işlab çiqaruvçi organizmlarni aniqlaşgan. Olimlarning ta'kidlaşiça, tajribalar natijalari amaliy nuqtai nazardan juda istiqbollidir. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, universal donorlik qoni ikki hissa köpayişi mumkin.








