Mazza qilib dam oliş uçun Toşkentni tark etiş şart emas – bir neça yildan beri poytaxtda şahar aholisi va mehmonlarining sifatli hordiqqa bölgan ehtiyojini qondirişga tayyor kompleks faoliyat körsatmoqda.

AQUALAND suvning billurdek sofligiga, har bir basseynida suvning optimal haroratini tanlaşga erişgan, ikki jakuzi, kattalar, ösmirlar va bolalar uçun basseynlarga ega, unutilmas zavq beruvçi akvaparkdir.

Bolalar basseynida mayda-çuydasigaça hamma narsa öylangan: suv harorati, yassi qirğoqlar va bolalar uçun xavfsiz «tepalik»lar. Bolalar basseynining maksimal çuqurligi 50, minimal çuqurligi esa 35 santimetr.

Bu yerda ğamxör ota-onalar uçun möljallangan bir neça şezlongni köriş mumkin. Kattaroq yoşdagi bolalarni esa professional yöriqçi-qutqaruvçilarga işonib topşirsa böladi: közdan qoçirişmaydi, yordam berişadi, hatto suzişga ham örgatişadi! Yana 8 nafar qutqaruvçi boşqa basseynlar yonida navbatçilik qiladi.

Park markazida suv hajmi 450 metr kub bölgan tölqinli basseyn joylaşgan. Bu yerda, dengizdagi kabi tölqinlar havoning şiddatli oqimi yordamida hosil qilinadi. Basseyndagi harorat ham dengizdagi kabi tetiklantiruvçi, ya'ni 26 daraja. Tölqinlar ham bolalar uçun xavfli bölmagan balandlikda.

Tölqinli basseyn ortida parkdagi eng katta suv havzasi (hajmi 1100 kub metr, suv harorati 27 daraja) – kattalar basseyni joylaşgan.

Bu yerda ikki «tepalik» – tezkor va «kamikadze»ni köriş mumkin. Ikkovi ham hafsala bilan va qoyilmaqom loyihalaştirilgan. 15 metrli balandlikka qaramay butkul xavfsiz (albatta, parkning xavfsizlik böyiça barça me'yor va qoidalariga rioya etilganda!): çoklar har kuni tekşiriladi va sayqallanadi, suvdagi finiş esa jarohatlardan saqlaniş uçun qisqa taşlanmada amalga oşiriladi.

Yana uçta «tepalik» (töğri, vintli va bir vaqtning özida butun oila yoki guruh bilan tuşiş mumkin bölgan oilaviy) 7 metrli minoradan ösmirlar basseyniga tuşadi. Mazkur basseynda suv hajmi 580 metr kub, harorati esa 28 daraja.