Özbekiston Boş prokuraturasi tomonidan Andijon şahrida bir neça ayollar bepul kottej olganligi töğrisida intervyu berişga majburlangani haqida OAVda e'lon qilingan xabarlardagi vajlar örganib çiqildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Örganiş jarayonida aniqlanişiça, ehtiyojmand şaxslarni uy-joy bilan ta'minlaş maqsadida Andijon viloyati Xöjaobod tumani Xidirşa massivida 2 sotixli jami 592ta kottej qurilişi yakuniga yetkazilgan.
Joriy yilning fevral-mart oylarida viloyat hokimligining mas'ul şaxsi «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi» MÇJning uy-joyga muhtoj bölgan 6 nafar işçilariga (X.Tillayeva, M.Raximova, Ş.Bakirova, X.Ermatova, Z.Abduvaliyeva va D.Xodjimatova) mazkur hududda qurilayotgan kottejlardan ularga sovğa sifatida bittadan berilişini ma'lum qilgan. Ammo Boş prokuratura bayonotida «mas'ul şaxs» ismi oşkor etilmasa-da, OAVga intervyu bergan ayollar uşbu hokimlik vakili Manzura Yunusova bölganini iddao qiladi.
«Keyinçalik, «Özbekiston 24» telekanali orqali 2019 yil 31 mart, 3 may va 16 may kunlari yuqoridagi işçilar iştirokida, ularga sovğa sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar körsatilgan, 16 may kuni ular oila a'zolari bilan birga uşbu kottejlarga kiritib qöyilgan», deyiladi prokuratura xabarida.
Ta'kidlanişiça, davlat rahbarining Andijonga taşrifi doirasida faqat işçilardan biriga (D.Xodjimatova) kottej sovğa qilingan. Taşrifdan söng viloyat hokimligi mas'ul şaxsining talabiga binoan qolgan 5 nafar işçilar (X.Tillayeva, M.Raximova, Ş.Bakirova, X.Ermatova va Z.Abduvaliyeva) qurilayotgan 4 qavatli uylardan xonadon ajratiş va'da qilingan holda kottejlardan köçirilgan.
Şundan söng, ular qator davlat taşkilotlariga murojaat qilgan, Xurşida Tillayevaning hokimiyat ularni aldaganligi haqidagi murojaati ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan.
Ularning murojaatlaridan söng, « Mustaqillik tikuvçilik majmuasi» MÇJ tomonidan ularning iş xaqlari va korxona daromadlari hisobidan 4 qavatli uy-joy uçun dastlabki badal tölovi ötkazilgan.
Şunday qilib, örganişlar şuni körsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand işçilarga kottej berilişini va'da qilib, ulardan bu haqida ommaviy axborot vositalariga intervyular olinişiga erişib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qöyib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, közböyamaçilikka yöl qöygan.







