Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi qur'asida 2-savatchadan joy oladi
FIFA milliy jamoalarining iyun oyi reytingini e'lon qildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi dunyo miqyosidagi reytingda 82-o‘ringa joylashdi. Osiyo qit'asi bo‘yicha esa 10-pog‘onadan joy oldi.
Natijada, milliy jamoamiz JCh-2022 saralashi qur'asida 2-savatchaga tushadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston bilan birga bu savatchadan Iroq, Suriya, Ummon, Livan, Qirg‘iziston, Vetnam va Iordaniya ham joy olgan. Demak milliy jamoamiz bu raqiblar bilan bir guruhga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralashining 2-bosqichiga 17 iyul kuni qur'a tashlanadi. Bu bosqichda qit'amizning eng kuchli 40ta milliy jamoasi 8ta guruhga bo‘linib kurash olib boradi. 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar 3-bosqichga chiqish bilan birga, Osiyo Kubogi-2023 yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishadi. Saralash o‘yinlari sentabr oyida boshlanadi.
Mavzuga oid
21:06 / 25.04.2026
2 mln dollar – JCh-2026 finaliga chiptalar astronomik narxlarda sotilmoqda
09:22 / 01.04.2026
O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi
02:23 / 31.03.2026
Husanov eng yaxshi bo‘ldi. O‘zbekiston – Venesuela o‘yinidan fotoreportaj
22:56 / 30.03.2026