Özbekiston milliy jamoasi 24-sentabr kuni Farğona şahrida Eron milliy jamoasiga qarşi örtoqlik bahsini ötkazdi. Bu boş murabbiy Fabio Kannavaro şogirdlarining jahon çempionatidan keyingi ilk öyini böldi.

10-daqiqada Eldor Şomurodov raqib himoyaçisining «sovğasi»dan keyin töpni jarima maydoni içida egallab oldi va darvozaga yölladi.

49-daqiqada Ramin Rizoyon jarima zarbasini aniq amalga oşirib, hisobni tenglaştirdi.

58-daqiqada Eldor Şomurodov penaltidan gol urib, milliy jamoani hisobda yana oldinga olib çiqdi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalarda Husayn Norçayev yakuniy nuqtani qöydi.

Özbekiston milliy jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib yana 2 ta örtoqlik öyinini ötkazadi.

  • 1-oktabr - Özbekiston - Suriya (Toşkent, soat 19:00)

  • 6-oktabr - Janubiy Koreya - Özbekiston (Janubiy Koreya, Yonʼin şahri, «Mireu» stadioni)

Örtoqlik öyini

24-sentabr, Farğona, «Istiqlol» stadioni

ÖZBEKISTON - ERON 3:1

Gollar: Eldor Şomurodov (10, 58 pen), Husayn Norçayev (90+3) - Ramin Rizoyon (49)

Özbekiston: Vladimir Nazarov, Abduqodir Husanov, Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov 82), Jahongir Örozov, Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov (Şerzod Esanov 82), Aziz Ğaniyev (Diyor Holmatov 59), Şerzod Nasrullayev (Mahmud Mahamadjonov 82), Eldor Şomurodov (Husayn Norçayev 89), Doston Hamdamov (Ruslan Jiyanov 59), Abbos Fayzullayev (Aziz Amonov 89).

Boş murabbiy: Fabio Kannavaro (Italiya)

Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardaniy (Ramin Rizoyon, 46), Ehson Hajisafiy (Muhammad Qurboniy 64), Said Izzatullohiy, Mahdiy Torimiy, Oriyo Yusufiy, Saman Fallah, Ali Neʼmatiy, Umid Nurafkon, Dennis Dargahiy (Sardor Ozmun 46), Muhammadmahdiy Muhibiy (Amirhusayn Mahmudiy 64)

Boş murabbiy: Amir Ğalinoiy

Ogohlantirişlar: Said Izzatullohiy (17), Abbos Fayzullayev (55), Alirizo Beyronvand (55)