«Roma» direktori Françesko Totti klubdagi uzoq yillik faoliyatiga yakun yasaşini ma'lum qildi.

Bu haqda sobiq hujumçi bugun Rimda bölib ötgan matbuot anjumanida rasman bildirgan.  42 yoşli mutaxassisning iste'fosiga «börilar» rahbariyati bilan kelişmovçiligi sabab bölgan.

Sky Sport Italia xabariga köra, işdan böşaş taşabbusi Françeskoning özidan çiqqan.

Manba ma'lumotiga köra, klubdagilar yangi boş murabbiy va direktor tayinlaşda Tottining fikri bilan hisoblaşişmagan, rahbariyat u haqda OAVda salbiy taassurot paydo bölişiga sababçi bölgan, boz ustiga, klub prezidenti Jyeyms Pallotta öziga maslahatçi lavozimiga Franko Baldinini tayinlab, Françeskoning vakolatlarini qisqartirgan. Şu kabi sabablar ortidan Totti işdan böşaşga qaror qilgan.

Ma'lumot uçun, «Roma»ning 42 yoşli sobiq sardori butun professional karerasini şu klubda ötkazgan, 1989 yilda yoşlar jamoasida debyut qilib, 1992-2017 yillarda asosiy jamoada öynagan.

Bu yillar mobaynida Totti Italiya çempionati, kubogi va superkubogida ğolib çiqqan; milliy jamoa safida 2006 yili jahon çempioni bölgan.

U butsalarini mixga ilişi bilanoq «Roma» tizimida lavozimga ega bölgan – öşa vaqtdagi sport direktori Monçining yordamçisiga aylangan edi.