Yigirma yetti yil oldin Rimdagi uyimiz eşigini kimdir qoqdi. Onam – Fiorella eşikni oçdi. Eşik ortida mening futboldagi kelajagim haqida gaplaşgani bir guruh futbol agentlari turişardi.

Ular Rimdan emasdilar. Bu darrov sezilgan, ular qizil va qora rangli libosni kiyib olgandilar. Ular meni har qanday narxga bölsa ham öz jamoalariga - Milanga olib ketgani kelişgan edi.

Onam qöllarini yuqoriga kötardilar. Nima deb öylaysiz, u mehmonlarga nima deb javob bergan bölişi mumkin?

Bilasizmi, agar siz rimlik bolakay bölsangiz, kelajagingiz asosan ikki xil keçadi: siz yo qizil yoki havorangni tanlaysiz. Yo «Roma» yoki «Latsio». Ammo bizning oilamizda faqat birgina tanlov mavjud edi. 

Afsuski, men buvamni deyarli körmaganman, juda yoşligimda u inson vafot etgandi. Ammo u menga juda katta meros qoldirgandi – «Roma»ga bölgan sevgini. Bobom Janluka klubning aşaddiy fanati bölgan,u bu muhabbatini avvalo otamga singdirgan, otam esa, akam va menga. «Roma» biz uçun oddiy futbol klubi emas, qandaydir muqaddas tuşunça edi, oilamizning bir bölagi, yuragimizning bir parçasi...  

Oçiği, biz öşa paytlarda, televizorda «Roma» öyinlarini köp körmasdik. 80-yillarda hatto Rimdagi öyinlarni televizorda köriş muammo bölgan. Aniq eslayman, yetti yoşimda bir kuni dadam futbol uçun çipta kötarib keldi. Nihoyat men stadiondan turib, «börilar»ning öyinini köriş baxtiga muyassar bölgandim.

Bu tuyğuni yana bir bor his qiliş uçun közimni yumişim kifoya. Ranglar, qöşiqlar, atrofimdagi özimga, bobomga, dadamga öxşab ketadigan muxlislar... Men öşa körganlarimni söz bilan ifoda qilib bera olmayman.

Bellissimo.

Faqat şu söz keladi xayolimga.

Rimning biz yaşaydigan San-Jovanni tomonida heç kim meni futbolsiz körmagan bölsa kerak. Yo egnimda yo qölimda yoki oyoğimda futbolni eslatadigan nimadir bölardi. Katta köça böladimi, çorrahami, yölaklarmi, farqi yöq, biz faqat futbol öynardik. Menda bu şunçaki, futbolga bölgan muhabbat emas edi. Kattaroq, kelajagimni, hayotimni futbolga boğlaş orzusi ham bölgan. Bolalar jamoalarida öynardim, uyimiz devorlarida «Roma»ning öşa paytdagi sardori Jannining gazetadan qirqib olingan rasmlari tölib ketgan edi. U «Roma»ning timsoli bölgan, u ham biz kabi haqiqiy rimlik bola edi.

Keyin esa, men ön uç yoşga kirganimda, yuqorida tilga olganimdek, eşigimiz taqilladi. Ular meni «Milan»ga taklif qilişdi. Italiyaning, dunyoning öşa paytdagi eng buyuk klubida faoliyatimni davom ettirişim mumkin edi. Men nima deb javob bera olardim?