Milliarder Roman Abramoviç Isroildagi eng qimmatbaho villani 64 mln dollarga sotib olmoqçi. Villa Tel-Avivdan 15 km uzoqlikda joylaşgan Gersliya-Pituax şahrida joylaşgan. Bu haqda Calcalist naşri ma'lum qildi.
Naşr ma'lumotlariga köra, Abramoviç 0,9 gektar maydonda joylaşgan 2 ming kvadrat metrlik uyni 3 oy oldin ijaraga olgandi, şundan keyin bu uyni sotib olişga opsionni imzolagan. Bitim Gersliya-Pituaxda 2006 yilda ikkita yer maydonini sotib olib, söngra ularni birlaştirib, unda uşbu uyni qurgan milliarder Alan Govard bilan tuzilgan.
Calcalist’ning ta'kidlaşiça, bu villa 2018 yil may oyida Isroil fuqaroligini olgan Abramoviçning Isroildagi birinçi yirik köçmas mulk obekti bölmaydi. Tadbirkor 2015 yilda Tel-Avivning janubidagi Neve-Tsedek tumanidagi “Varsano” mehmonxonasi va unga yondoş 1,5 ming kvadrat metr maydonni 25 mln dollarga sotib olgan. Naşr ma'lumotlariga köra, milliarder u yerda villa qurişni rejalaştirgan.








