Samarqand viloyat perinatal markazida şu yil fevral oyining sönggi kunida sodir bölgan voqea ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda aylanmoqda.

Unga köra, Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi, 21 yoşli G.K. 2019 yil 28 fevral kuni soat 11:30da közi muddatidan avval yoriydi va çaqaloq dunyoga keltiradi. Çaqaloq şu kuni soat 17:40da nobud böladi. Tarqalgan xabarlarda şu kuni Samarqanddagi perinatal markazda jami 5 nafar çaqaloq nobud bölgani ham fakt sifatida keltirilgan.

G.Q. va uning turmuş örtoği F.M. viloyat IIBga murojaat qilib, turmuş örtoği K.G.ning qiz jinsli çaqaloq tuğgani, şu kuni keçroq şifokorlar turmuş örtoği Q.G.ga uning çaqaloği vafot etganini aytib, unga öğil jinsli çaqaloq murdasini berib yuborganini ma'lum qilib, uşbu holat yuzasidan haqiqatni aniqlab berişni ham söragan.

Kun.uz Samarqand viloyat perinatal markazida ötgan yili ham şunga öxşaş voqea röy berganidan söng jurnalistlik suriştiruv ötkazgan edi. Öşanda, doyaning aybi bilan tuğilgan, keyinçalik vafot etgan çaqaloqning jinsi röyxat kitobiga notöğri qayd qilingani sababli mojaro kelib çiqqan edi.

Lekin, bu safargisi yanada ayançliroq. Iddaoga köra, tuğilgan çaqaloqning jinsi uning ota-onasiga «qiz» deb ma'lum qilingan, keyin ularga öğil bolaning jasadi berilgan, ota-ona şubhalanib, DNK ekspertizasi qildirişganida çaqaloq umuman ularga tegişli emas bölib çiqqan!

Buni Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotnomasi ham tasdiqlamoqda. Unga köra, «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan ötkazilgan odam DNKsi ekspertizasining 2019 yil 31 maydagi 4250/12D-sonli xulosasiga köra, vafot etgan çaqaloq murdasidan olingan biologik namunalar ariza mualliflari G.K. va F.M.ning vafot etgan çaqaloqqa nisbatan biologik ota-onaligi tasdiqlanmagani aniqlangan».

Kun.uz muxbiri va boşqa jurnalistlar perinatal markazda bölib, voqea guvohlari hamda mutasaddilardan voqea tafsilotlarini söradi.

Viloyat perinatal markazi direktori Lola Hamroyevaning aytişiça, bu maskanda viloyatdagi barça oğir ahvoldagi homilador onalar davolanadi va tuğruq qabul qilinadi. Ya'ni bu maskanda onalar va bolalar ölimi kuzatilişi tabiiy. Markazning şahar va tumanlardagi tuğruqxonalardan farqi ham şunda. Bugungi kunga kelib şahar va tuman tuğruqxonalarda onalar va bolalar ölimi kuzatilişi notabiiy holat sifatida baholanadi. Bunday noxuş voqealar faqat perinatal markazda kuzatiladi.