Inson hayoti turli past-balandliklardan, oq va yoruğ kunlardan, quvonçu qayğudan, taşvişu xotirjamliklardan iborat. Buni barçamiz yaxşi bilamiz.
Ammo kun kelib umr yölidagi musibatlar bir kun öz örnini yengillikka, qora kunlar yoruğiga, ğamlar sevinçga almaşadi va buni tuşunib yaşayotgan, Alloh bergan aziz umrni sabr bilan ötkazayotgan, bergan ne'matlariga şukr qilib, kasb-kor qilib yurgan insonlar bor.
Ular haqida köpçiligimiz bilmaymiz...
Kun.uz yangi – «Sabr egalari» loyihasiga qöl uriş arafasida. Uşbu loyiha orqali boşiga tuşgan oğir kunlarni yengib ötgan, bemor holida ham şukrni tilidan qöymagan, yaqin insonini yöqotganida çiroyli sabr etgan, kerak bölsa, hozir ham qiyinçiliklarga qaramay, şikoyatni andişa deb bilib, hayotning har bir daqiqasi öz örnini boşqasiga almaşişiga işonç bilan yaşab yurgan insoniy fazilat sohiblari bor. Ular oddiy, kamsuqum, şu bilan birga, ulkan qalb, ulkan sabr egalaridir.
Biz sizga ana şunday insonlar hayoti haqida hikoya qilişni istadik. Siz bilgan, tanigan, yoningizdan mana şunday xislatli insonlar haqida bizga maktub yöllang. Biz esa ular hayoti misolida, kunlaridan norozi, öziga berilgan ne'matlariga noşukr, doim ğam-qayğu iskanjasida yurib, undan qanday çiqib ketişini bilolmay yurgan kişilarga bir söz aytamiz – «Siz çiroyli sabr qilguvçilardan böling...».
Çunki biz umrimizning keyingi lahzasi qanday bölişini bilmaymiz, ammo bu hayotda sabr ila kun keçirayotgan insonlarning sözlarini, ularning hayot haqiqatlarini tinglab, undan xulosa çiqarişga, zarur bölsa, kuç olişga ehtiyojimiz bor.
Maktublaringizni [email protected] elektron manziliga yoki mana bu havola orqali «Sabr egalari» dasturi uçun deb yöllang.
Aniq manzil va aloqa uçun telefon raqamlarni yozib yuborişni ham unutmang.









