Bir neça kun oldin noma'lum ayolning Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga qilgan şe'riy murojaati ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ketdi.
Yarim hazil, yarim çin ma'noda yozilgan şe'rdan muddao Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumani, Nuriston şaharçasida bolalar boğçasi muammosi borligini bildiriş edi.
Qayd qiliş joizki, ayol kişi şe'rida Prezident Şavkat Mirziyoyevning ismini tilga olmagan va «oğajon» deb murojaat qilgan, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyevni esa «hokimbuva» deb atagan.
Bu şe'riy murojaat ijtimoiy tarmoqlarda juda köp bahs va munozaralarga sabab böldi. Ayol kişining oddiy şe'r orqali bir neça ijtimoiy muammolar va kamçiliklarni oçib taşlagani odamlarni yaxşi ma'noda taajjubga soldi. Xususan, unda yöllarning yomonligi, budjet idoralari xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilinişi, prezident oldida mahalliy hokimliklar tomonidan közböyamaçilik qilinişi kabi muammolar tilga olingan edi. Ayol öz şe'rini «erkinlik deb köp gapirib qöydim, endi erimga bosim bölmasmikan?» degan hadik bilan tugatgan.
Video: Youtube
Qaşqadaryolik ayolning şe'riy murojaatiga samarqandlik jurnalist Karimberdi Töramurodov videomurojaat qildi. Unda ayolning dadilligi, dangalligi va ijodiy iste'dodi maqtaldi. Şuningdek K.Töramurodov ayolning uşbu murojaati prezident Ş.Mirziyoyevga yetib bormasligi, öziga nisbatan esa bosim uyuştirilişini taxmin qildi. Murojaatning oxirida özbek xalqining duosi ayol uçun eng katta mukofot bölişi aytilgan.
Samarqandlik jurnalistning videomurojaat orqali qöllab-quvvatlaşiga qaşqadaryolik ayol ham minnatdorçilik bildirib, javob qaytardi. Bu safargi şe'rida ayol öz murojaatini prezidentga yetib borişiga umid-işonç bildirgan. Şuningdek, şe'r çiqqanidan söng öz mahallasida qandaydir işlar boşlab yuborilganiga şa'ma qilgan. Bu safar ham ayol yana bir neça muammolarni, xususan qarsakbozlik, maddohlik, prezident portaliga qilingan murojaatlar yeçimini topmayotgani kabi muammolarni aytib ötgan. Yakunda ayol bu murojaatidan şaxsiy manfaatni közlamaganini, balki faqat bolalar kelajagini öylaganini yana bir bor ta'kidlagan.













