Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni (DXŞ) rivojlantiriş agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo IES loyihasini amalga oşiriş yuzasidan muhokamalar bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Özbekistonda energetikani davlat-xususiy şeriklik yöli bilan rivojlantirişdagi eng katta loyihalardan biri Sirdaryo viloyatidagi mavjud IESni yangilaş jarayoni hisoblanadi», —  deyiladi rasmiy axborotda.

Ta'kidlanişiça, agentlik joriy yilning söngiga qadar Sirdaryo IESni modernizatsiya qiliş loyihasi yuzasidan tender jarayonini boşlaşni taklif qilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari eng avvalo Sirdaryo IES loyihasi bilan boğliq bölgan barça kerakli ma'lumotlarni hukumat taqdim qilgan holda, uşbu jarayonni yil oxiriga qadar boşlaş imkoniyati mavjudligini qayd etgan.

Muhokamalarda 2.6 gVt quvvatiga ega bölgan, Sirdaryo IES loyihasi ikki bosqiçda amalga oşirilişi közda tutilmoqda. 

Birinçi bosqiçda quvvati 1.3 gVt bölgan birlaşgan-siklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stansiyasini quriş masalasi örganilmoqda.

Tomonlar muhokamalar vaqtida şuningdek şamol va quyoş energetikasi istiqboli, bu borada ham DXŞ loyihalarini amalga oşiriş böyiça fikrlar almaşildi.

Davlat-xususiy şeriklikni (DXŞ) rivojlantiriş agentligi, Energetika vazirligi va Jahon banki hamkorligida Toşkent IESidagi eskirgan energobloklarni modernizatsiya qiliş va yangi energobloklarni barpo etiş böyiça olib borilgan uçraşuvlar ham öz samarasini berib, hozirda uşbu loyihani hayotga samarali tatbiq etiş böyiça yakuniy xulosalar tayyorlanmoqda.