Özbekiston Qurolli kuçlari Rossiyaning köp maqsadli "Tigr" zirhlangan avtomobillari partiyasini sotib oldi. Bu haqda "Armiya-2019" beşinçi xalqaro harbiy-texnik forumida iştirok etayotgan Özbekiston rasmiy delegatsiyasi vakilining sözlariga asoslanib TASS xabar berdi.

Uning sözlariga köra, "bir neça önta" maxsus komplektatsiyadagi VPK-233136 "Tigr" zirhlangan maşinalari sotib olingan. 

"Avtomobillar Özbekiston maxsus bölinmalarining talabi böyiça takomillaştirildi. Xususan, zirhlangan korpus qöşimça eşiklar bilan jihozlandi, barça oynalarga himoya panjaralari qöyildi, tom qismiga esa infraqizil projyektor va old va orqa lyuklar perimetri böyiça merganni himoya qiluvçi yiğma zirh örnatildi", – dedi agentlik suhbatdoşi. 

Uning qöşimça qilişiça, uşbu "Tigr"lar 7,62 millimetr kalibrli PKM pulemyotlari bilan jihozlangan.

"Bu "Tigr"lar özini ijobiy tomondan körsata oldi. Maşina maxsus bölinma oldiga qöyilgan barça topşiriqlarni bajara oladi va tom ma'noda ular uçun uy sifatida xizmat qilişi mumkin. Har qanday zirhlangan avtomobil ham bunga qodir emas", - deb ta'kidlagan manba.