«Mançester Siti» yarimhimoyaçisi David Silva​ keyingi mavsumda jamoani tark etişini ma'lum qildi. 33 yoşli ispaniyalik futbolçi bir yildan keyin erkin agentga aylanadi.

«Bu sönggi mavsumim. 10 yil men uçun yetarli muddat», – deya Silvaning sözlarini keltirgan Mirror.

Silva «Mançester Siti»ga 2010 yilda «Valensiya»dan ötgandi. U inglizlar klubida jami bölib 395 öyinda maydonga tuşdi va 70 gol urdi. 

«Şaharliklar» bilan u tört marta Angliya çempioni bölgan (2011/12, 2013/14, 2017/18, 2018/19), ikki martadan Angliya Kubogida (2010/11, 2018/19) va mamlakat Superkubogida ğalaba qozongan (2012, 2018), tört  marta Angliya Ligasi Kubogini (2013/14, 2015/16, 2017/18, 2018/19) qölga kiritgan.