25 iyun kuni Kapital bozorini rivojlantiriş agentligida 2019 yil 20 martdagi «Mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun muhokamasiga bağişlangan, lizing kompaniyalari iştirokidagi yiğiliş bölib ötdi.
«Toşkent» Respublika fond birjasi (RFB) boşkaruvçi raisi Bekzod Usmonovning aytişiça, joriy 20 mart sanasidan buyon 11ta aksiyadorlik jamiyati qonun mohiyatini tuşunmasdan RFB kotirovkalaridan çiqib ketdi. Ayni vaqtda esa har kuni yangi bitimlar tuzilişiga qaramasdan «Özbekkumir» AJ ham birja kotirovkalaridan çiqib ketmoqçi.
Aksionerlik jamiyatlari nega RFB kotirovkalaridan çiqib ketmoqçi?
Ta'kidlanişiça, bunga asosiy sabab yangi qonunga muvofiq RFB kotirovkasiga a'zo bölgan aksionerlik jamiyatlarining öz nazorat kengaşi tarkibida kamida bir nafar «mustaqil a'zo»ning bölişi şartligidir. AJlari esa nazorat kengaşlarida jamiyatga aloqasi bölmagan «mustaqil a'zo»ning bölişini istaşmayapti va birjani tark etmoqda.
Öz-özidan ma'lumki, birja kotirovkasiga a'zo bölmagan AJlar bu qonunga amal qilişi şart emas.
Kimlar «mustaqil a'zo» bölişi mumkin?
«Mamlakatda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunida kimlar «mustaqil a'zo» böla olişi belgilab berilgan.
Şunga qaramasdan, yiğiliş iştirokçilarida qonunning ayrim bandlari böyiça savollar vujudga keldi. Masalan, «Qöqonspirt» AJ vakili Muratovning «76-moddaning sönggi «davlat boşqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bölmagan şaxs» mustaqil a'zo böla oladi deyilgan. Bizning «mustaqil a'zo»miz esa davlat korxonasida işlasa ham budjyetdan oylik olmaydi. Özini özi qoplaydigan korxona vakili. Bu holatda qanday yöl tutişimiz kerak?» qabilidagi savoliga Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Atabek Nazirov masalani çuqurroq örganib keyin javob berişini aytdi.

Qonunçilikka muvofiq, quyidagi şaxs kuzatuv kengaşining mustaqil a'zosi deb e'tirof etiladi:
— sönggi uç yil mobaynida jamiyatda va (yoki) uning affillangan şaxslarida işlamagan şaxs;








