Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 26 iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantiriş, böş turgan bino va yerlarda yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Avval xabar berilganidek, 7 iyun kuni bölib ötgan yiğilişda şu boradagi işlar Andijon viloyati misolida tahlil qilingan edi. Bu gal Toşkent viloyatidagi mavjud salohiyat va undan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Toşkent viloyati xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun eng qulay hudud. Barça şahar va tumanlarda yetarli elektr energiyasi zaxirasi mavjud. Asosiy iste'mol bozorlariga mahsulot yetkazib beradigan yöl infratuzilmasi ham yaxşi rivojlangan.

Lekin viloyatda aholi jon boşiga iste'mol tovarlari işlab çiqariş hajmi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan 2-3 barobar kam. Viloyat sanoatida hududiy korxonalar uluşi atigi 15 foizni taşkil etadi. Böka, Oqqörğon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Quyi Çirçiq kabi tumanlarda sanoat ançayin orqada qolgan.

Joriy oy boşida davlatimiz rahbarining Toşkent viloyatiga taşrifi davomida 2019-2020 yillarda amalga oşiriladigan 40 trillion 300 milliard sömlik 800ga yaqin loyihadan iborat dastur işlab çiqilgan edi. Şundan 300dan ziyodi sanoat sohasidadir.

Şuningdek, bu borada rezervlar köpligidan kelib çiqib, Hududlar sanoatini kompleks rivojlantiriş böyiça işçi guruh tomonidan yana 310ta qöşimça loyiha şakllantirildi.

Yiğilişda mazkur sanoat loyihalari taqdimoti ötkazildi. Unga köra, iyun oyi boşida tasdiqlangan Dastur bilan birgalikda viloyatda 2019-2022 yillarda umumiy qiymati qariyb 51 trillion söm bölgan 636ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. 

Uşbu loyihalar doirasida 4,2 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş orqali sanoat mahsuloti işlab çiqariş hajmini qariyb 2, aholi daromadlarini 2,1 barobar oşiriş közda tutilgan. Bu 51 mingdan ortiq doimiy iş joyi taşkil etiş imkonini beradi. 

Yiğilişda har bir loyiha tarmoqlar, şahar va tumanlar, tijorat banklari kesimida körib çiqildi. Mutasaddilarga uşbu sanoat loyihalari böyiça reja jadvallarini tasdiqlab, ularni öz muddatida işga tuşiriş böyiça topşiriqlar berildi.