Davlatimiz rahbari Toşkent viloyatining Qibray va Yuqori Çirçiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yölini borib kördi.
19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi mazkur yöl qurilişi uç bosqiçda amalga oşirilişi belgilangan. Bugungi kunda uning 12 kilometri, jumladan, Çirçiq daryosi ustida köprik barpo etilgan.
Ma'lumki, Toşkent şahrini Çorvoq hududi bilan boğlaydigan avtomobil yölida qatnov juda köp. Dam oliş mavsumida köpinça tirbandlik yuzaga keladi. Bu yangi yöl katta yuklamani öziga olib, masofani ham qisqartiradi, aholi va sayyohlarning kurort zonalarga tez va oson yetib borişini ta'minlaydi.

Prezident yöllar qurilişini izçil davom ettiriş, bu sohada sifatni ta'minlaş uçun malakali kadrlar tayyorlaş zarurligini ta'kidladi. Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş institutida Germaniyaning öqitiş tizimini joriy qiliş, şu sohada örta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar taşkil etiş böyiça tavsiyalar berdi.














