Toşkent köçalari ostidagi magistral issiq suv quvurlarini almaştiriş natijalari videotasmalarga qayd qilinmoqda hamda maxsus komissiya işlar sifatini jiddiy nazoratga olgan. Toşkent şahar hokimligida OAV vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda şu haqda ma'lum qilindi, deb bermoqda Kun.uz muxbiri. Hokimlik rasmiylari jurnalistning quyidagi savoliga batafsil javob qaytarişdi.

-  Guvohi bölayotganimizdek, «Toşissiqquvvati» korxonasi şahar köçalarida quvurlarni almaştiriş işlarini olib bormoqda. Biroq, şu vaqtgaça, ta'mirlaş işlari olib borilgaç, toşlarning yetarli töldirilmasligi oqibatida, asfalt qilingan yöl qismi çökişiga köp bora şohid bölganmiz. Bu holatlar qaçon barham topadi? 

«Haqiqatdan ham şaharning asosiy katta yöllarida kuzgi-qişki mavsumga tayyorgarlik işlarini amalga oşiramiz. Ta'mirlangaç, yöllarning yangi asfalt qilingan joylarida çökiş holatlari, sifatsiz bajarilişiga oid kamçiliklar bor edi. 

Hozirda, yangi tizimni yölga qöydik. Birinçi navbatda, almaştirilayotgan quvurlarning qanday holatda ekanini tekşirib, nazoratdan ötkazib, videoqaydlar qilyapmiz. Bugungi kunda şaharda 37ta köçada quvurlarni almaştiriş işlari olib borilayotgan bölsa, hokimlik tomonidan örganişlar olib borilgaç, 7tasida, şundan 5tasi Kiçik xalqa yölida, kamçilik qayd etilib, işlarni qaytadan bajariş topşiriği berildi, qaytadan asfalt yotqizildi. Kelgusida ham şu yönalişda iş olib boriladi», - dedi Toşkent şahar hokimining örinbosari Baxtiyor Rahmonqulov.

Uning ta'kidlaşiça, ilgarilari köçalar asfalt qilingaç, «Toşissiqquvvati» yoki «Suvoqova» korxonasi kelib, yölni kovlab, quvurlarni almaştiriş işlarini olib borişlari xalqning jiddiy e'tirozlariga sabab bölayotgandi. Endilikda, asfalt qiluvçi taşkilotlar kommunal xizmatlar bilan hamkorlikda işlamoqda. Asfalt yotqizilişidan avval, yöllardagi kommunikatsiya tarmoqlarining ahvoli örganib çiqilib, ularni almaştiriş talab qilinsa, almaştirilib, keyin asfaltlaş işlari bajarilmoqda. Bu esa, mazkur köça ta'miriga 10-15 yil qaytmaslik imkonini bermoqda.