Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Markaziy apparati va hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oşirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berişiça, Içki işlar vazirining sobiq birinçi örinbosari, general-mayor Davron Abitoviç Nazarmuhamedov Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda Şavkat Navrözoviç Rahmonov örnini egalladi.

Davron Nazarmuhamedov

2017 yildan buyon Xorazm viloyati IIB rahbari bölib kelgan polkovnik Şavkat Rahmonov esa Samarqand viloyatiga «boş militsioner» bölgan. Şu vaqtgaça Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği bölgan polkovnik Aziz Toşpölatov Xorazmga «boş militsioner» bölib ötgan Davron Nazarmuhamedov örniga Içki işlar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan.

Şavkat Rahmonov

Içki işlar vazirining yana bir sobiq örinbosari, polkovnik Şavkat Tohiroviç Mavlonov Sirdaryo viloyati Içki işlar boşliği lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2018 yil dekabridan buyon işlab kelgan polkovnik Ilhom Madiyaroviç Qutlimuratov örnini egalladi.

Şavkat Mavlonov

Ayni vaqtda Ilhom Qutlimuratov qaysi lavozimga ötgani ma'lum emas. Şuningdek, Içki işlar vazirining sobiq örinbosari, Tergov departamentining sobiq boşliği Akramxon Boboxonovning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yöq.

Boboxonovning örnini şu vaqtga qadar Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi kadrlar boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyoroviç Toşxöjayev egallagan.