Toşkent şahar hokimi Ortiqxöjayev bir tonna paxtani bir dona iPhone smartfoniga qiyoslar ekan, poytaxt şaharni kelgusida aql sotadigan şahar sifatida körayotganini bildirdi. U, hokimlikda OAV vakillari bilan ötkazgan uçraşuvda jurnalistning «Toşkentning öziga xos jihatini nimada köryapsiz? Uning missiyasi, masalan, 10 yil yoki 100 yildan keyin nimada bölişi mumkin?» degan savoliga javob berar ekan, şunday fikrlarni bildirdi.

Toşkent respublikamiz poytaxti, yuragi. Toşkent şahrida katta-katta işlab çiqarişlarni taşkil etiş muammo. Men oçiqçasiga aytaman, bugungi kundagi eng katta muammoimiz boğça, maktab, universitet, şifoxona. Bularni rivojlantirib olişimiz kerak. 

Biz Toşkent aholisini aqlli qilişimiz kerak. Mening niyatim, biz mehnat emas, aql sotişimiz kerak. Ya'ni Toşkent aql sotadigan şaharga aylanişi kerak. Ertalabdan keçgaça zavodda işlaşi emas. Agar biz bugun boğçadan, maktabdan, universitetdan boşlasak, 10 yildan keyin Toşkent aholisi mehnat emas, aql sotişi kerak. 

1 tonna paxtaning mehnati qançaligini bilamiz. Uni şunça mehnat, qayta işlaşdan keyin 1000-1500 dollarga sotamiz. Amerika 130 gramm iPhone’ni şunça pulga sotyapti. Ular aql sotyapti, biz mehnat sotyapmiz. 

Biz kamera qöyib qöyganimiz bilan aqlli şahar bölib qolmaydi. Buning uçun insonlar ongini özgartirib, bugundan harakat qilişimiz kerak. Mening kelajakni körişim şu», - deb ta'kidladi hokim.