Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqxo‘jayev: Poytaxt investitsiya jozibadorligi 10 karra oshgan. Shahardagi investorlar Toshkent viloyatiga yo‘naltirilmoqda
2018 yilda Toshkent shahriga 400 mln dollar investitsiya loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan. Undan oldingi yillar ko‘rsatkichi eng ko‘p bo‘lganda 100 mln dollar atrofida bo‘lgani inobatga olinsa, bu sezilarli o‘sishni anglatadi. Bundan tashqari, xorij kompaniyalaridan loyiha va takliflar juda ko‘p, bir kunda 20-30 investor bilan uchrashuvlar o‘tgan vaqtlar ham bo‘ldi, deya ta'kidlandi Toshkent shahar hokimligida OAV vakillari bilan uchrashuvda.
«Biz investitsiya masalari bo‘yicha e'tiborni mahalliy yosh tadbirkorlar va sarmoyadorlarga ham qaratyapmiz. Ularning soni ko‘pligi bois, investorlarning bir qismini Toshkent viloyatiga yo‘naltirayapmiz. Chunki, Toshkentda ularga beradigan joy ham, talabiga javob beradigan imkoniyat ham yo‘q. Elektr energiyasida tanqislik bo‘lishi, kommunal muammolarga duch kelishi ehtimol. Shu boisdan, sarmoyadorlar ko‘pligi sababli, ularning bir qismini Toshkent viloyatiga yo‘naltirayapmiz.
Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligi 10 karra oshgan. Viloyatga yo‘naltirishimizning asosiy sababi, biz uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi juda muhim. Chunki, daromad viloyat, shahar emas, asosiysi respublika budjetiga tushadi», - dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026