Joriy yil fevral oyida ötgan uçraşuvda yoşlar uçun 40 dan ziyod yangi taşabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.

Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha işga tuşirilib, 292 mingta iş örni yaratiladi. Yana 500 mingta iş örni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalaştirilgan.

Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, toğ-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar işga tuşadi.

Işlar boşlanişi bilan “yaşil” iqtisodiyot, “yaşil” energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injyeneriya yönalişlarida minglab mutaxassislarga talab paydo böladi.

“Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar. Şijoatingizdan körib turibman, albatta siz, yoşlar bu korxonalarni boşqarib, katta-katta kaşfiyotlar qilasizlar, ularga innovatsiyalarni olib kirasizlar! 

Şu bois, hozirdanoq bunday loyihalarga kadrlar tayyorlaşni boşlaymiz”, - dedi prezident.

“Garvardçilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boşlab yubordi.

Uşbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvçilari orasidan 60 nafar öquvçi saralab olinadi va 3 ta yönalişda öqitiladi. Kelgusida öquv örinlari karrasiga köpaytiriladi.

Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming öquvçi seleksiya qilinib, Garvard, Yyel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.

Şundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari böladi.

“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu ğoya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamğarmasi faoliyati takomillaştirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uçun öqiş va yaşaş xarajatini qoplaş tizimi yangi tartibda işlay boşlaydi.

Eng avvalo, STEM yönalişlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, quriliş, qişloq va suv xöjaligi kabi drayver sohalar uçun kvotalar bir neça karra oşiriladi.