Bugun mamlakatimizda Yoşlar kuni keng nişonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida bölib ötmoqda.
Özbekiston yoşlarini tabriklaş va qöllab-quvvatlaş uçun bu yerga prezident Şavkat Mirziyoyev taşrif buyurdi.
Kongress markaziga kiraverişda yoşlarning turli sohalardagi loyihalari, kaşfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, «Yoş innovatorlar» körgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, uçuvçisiz qurilmalar namoyiş etilgan. «Yaşil» taşabbuslar maydonçasida ekologiya, muqobil energetika, qişloq xöjaligi kabi sohalarga oid işlanmalar körsatilgan. «Kreativ loyihalar» bölimidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san’at, video va prodyuserlik faoliyatidagi yutuqlar örin olgan. «Yoşlar tadbirkorligi va startaplar» maydonçasida uşbu yönalişdagi muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma’lumot berilgan.
Jumladan, toşkentlik Rustam Hamdamovning Billz dasturi kiçik va örta biznesni avtomatlaştirişga yordam beradi. Hozirgaça bu loyihaga Buyuk Britaniya, Singapur, Turkiya işbilarmonlari 6 million 600 ming AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan.
Qoraqalpoğistonlik yoş fermer Şerzod Niyazimbetov organik pomidorlar yetiştirib, quyoşda quritib va qadoqlab, Italiya hamda Fransiya kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Uning korxonasida 200 nafarga yaqin xodim işlamoqda.
Özbekiston prezidentining 2019 yildagi qarori bilan taşkil etilgan Yoşlar akademiyasi bugungi kunda 7 mingdan ziyod yoş olimlarni birlaştirgan. Körgazmada ular uçun keng örin ajratilgan. Toşkentlik Sayfullo Qodirov ekin maydonlarini raqamli xaritalaş va yuqoridan dori sepiş imkonini beruvçi dronlar yasagan.
Olimlar orasida «Raqamli avlod qizlari» tanlovi ğoliblari köpligi ham diqqatga sazovor. Xorazmlik Lobar Abdullayeva onkologik kasalliklarga sun’iy intellekt orqali taşxis qöyişga möljallangan AI Scan dasturini işlab çiqqan. Qoraqalpoğistonlik Qumara Sagidullayeva quyoş energiyasida yuruvçi kiçik traktor, toşkentlik Abdulloh Jamoliddinov boğni avtomatik suğoriş tizimini ixtiro qilgan.

Davlat rahbari mazkur taqdimotlar bilan tanişib, ularning taşabbuskorlari bilan muloqot qildi.
– Yoşlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uçun kuç-qudrat, mamlakatimiz kelajagiga tayanç. Bugun farzandlarimiz zamonaviy yönalişlarni egallab, ança ilgarilab ketyapti. Ularni qöllab-quvvatlasak, sifatli ta’lim berib, şaroit yaratsak, bundan ham katta natijalarga erişadi,




















