Tadbirkorlik – yöqotiş va topişdan iborat soha. Mazkur faoliyatning issiq-sovuğiga çiday olgan, yölidan çekinmagan va sohaga qandaydir yangilik olib kira olgan inson albatta muvaffaqiyatga erişadi.

Kun.uz sayti tadbirkorlik yönalişida ma'lum muvaffaqiyatlarga erişib kelayotgan tadbirkorlar bilan uçraşib, ularning faoliyati va muvaffaqiyat sirlarini örganiş va şu orqali öz faoliyatini yölga qöyiş niyatida turgan yoşlar uçun kerakli ma'lumotlarni yetkaziş maqsadida «Qadam-baqadam» loyihasini yölga qöydi.

Mazkur loyiha  Alibazar, Europol kompaniyalari va «Omadli xonadon» teleloyihasi asosçisi Alişer Avazov bilan hamkorlikda taşkil qilindi.

Tadbirkor bilan biznes boşlaş, kiçik kompaniyalarning raqobat muhitida yaşab qolişi, monopoliya, şuningdek, yoş tadbirkorlar uçun kerak böladigan boşqa tavsiyalar haqida suhbatlaşdik.

- Alişer aka suhbatimiz avvalida Alibazar, Europol kompaniyalari, şuningdek, «Omadli xonadon» teleloyihasi haqida qisqaça ma'lumot bersangiz.

- Europol bu – quriliş mahsulotlari bilan şuğullanuvçi kompaniya hisoblanadi. U bundan ön beş yil avval taşkil qilingan. Kompaniyaning asosiy faoliyat yönalişi pol qoplamalarini mijozlarga yetkazib beriş hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda Europol sohadagi taxminan ön beşta çet el kompaniyasining Özbekistondagi vakili hisoblanadi.

Europol barça turdagi quriliş materiallarini çet eldan öz savdo dökonlariga olib keladi va mijozlarga yetkazib beradi.

Alibazar esa hali nisbatan yoş kompaniya, faoliyat boşlaganiga endi bir yarim yil böldi.

Men 2015 yil malaka oşiriş maqsadida Amerika Qöşma Ştatlariga bordim. U yerda malaka oşiriş vaqtida vaqtdan unumli foydalanib, ğoya qidirişni boşladim. AQŞ va Özbekiston bozorlarini örgangan holda, mamlakatimizda quriliş mollari sotadigan onlayn-dökon yaratiş ğoyasi 2016 yilda kelgan. Şu yönalişda işlaşni özimga möljal qilib oldim. Va muddat kelgaç, aynan şu sohada, şu yönalişda faoliyat yurituvçi kompaniyalarga işga kirdim. Maqsad ulardan iş örganib, ta'lim oliş edi.