Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisiga tört nafar örinbosar tayinlandi. Bu haqda 20-avgust kuni qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Xurşid Hotamjonoviç Rahmatullayev qömita raisining moliya va iqtisod yönalişi böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u “Özsuvtaʼminot” AJ boşqaruv raisining moliya-iqtisodiy, raqamlaştiriş va transformasiya masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan.
Jamşid Olimoviç Urunov qömita raisining ösimliklar karantini va himoyasi yönalişi böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Özbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes-ombudsman) örinbosari lavozimida işlab kelgan.
Furqat Zokiroviç Jalilov qömita raisining veterinariya va hayvonlar salomatligini himoya qiliş yönalişi böyiça örinbosar lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boş inspektori lavozimida işlab kelgan.
Elyor Xolmatoviç Talaboyev qömita raisining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi prezident farmoni bilan 2026-yil may oyida, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi negizida taşkil etilgan. Qömita raisi lavozimiga Özbekiston prezidentining Jahon savdo taşkiloti böyiça vakili Azizbek Urunov tayinlangan.












