Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlanganligi bor migrantlarga mamlakat fuqaroligini yoki vaqtinchalik yashash huquqini olishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Qayd etilishicha, Rossiya yoki uning tashqarisida qilgan jinoyati uchun sudlanganligi olinmagan xorij fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya fuqaroligini olish taqiqlanadi.
Shuningdek, ularga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi berish ham rad etiladi.
Bundan tashqari, 14 yoshga to‘lgan migrantlar IIV hududiy organlariga sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishlari shart bo‘ladi.
Qochqin deb tan olingan yoxud siyosiy yoki vaqtinchalik boshpana olgan, 14 yoshga to‘lmagan, Rossiya qurolli kuchlari safida shartnoma bo‘yicha xizmat qilgan, bunday ma’lumotnomani ilgari taqdim etgan xorij fuqarolariga bu tartib tatbiq etilmaydi.











