“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida bozorlarda “arava xizmati”ni tartibga soliş haqida petitsiya e'lon qilindi.
“Bugungi kunda bozorlarimizda yöq narsaning özi yöq. Ayniqsa, yoz mavsumida bozorlarimiz yanada tölib, barakali böladi. Mana şunday manzarani buzadigan bir holat borki, uni albatta tartibga soliş lozim. Bu bozorlardagi arava xizmatlaridir”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilişiça, aravalarning tartibsiz harakati natijasida turli noqulayliklar va köngilsiz holatlar yuzaga kelişi tabiiy. Bunday holatlarni körgan turistlarning ham bozorlar haqidagi fikrlari salbiy tarafga özgarişi mumkin ekani aytiladi.
Bundan taşqari, arava xizmati uçun tölovlarning aniq belgilanmaganligi ham xaridorlarning noroziligiga sabab bölmoqda. Qaysidir aravaning bir soatlik xizmati uçun ön ming bersangiz, boşqasi xuddi şu xizmat uçun yigirma, hattoki, öttiz ming sömgaça haq söraydi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barça bozorlardagi arava xizmatini tartibga soliş va ularning xizmati uçun “foydalanilgan vaqt doirasida yagona tölov stavkalari”ni joriy etişni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.








