Ekopen romlariga 31 avgustga qadar buyurtma berib, siz sovğa sifatida xavfsizlik qulfi mavjud deraza tutqiçiga ega bölişingiz va farzandingizni bexosdan tuşib ketişdan himoya qilişingiz mumkin.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari derazadan tuşib ketgan bolalar haqida muntazam ravişda xabarlar beradi. Özbekistonda bunday holatlar röy berişi mumkin emasdek, nazarimizda. Biroq 12 fevral kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida bir bola bexosdan derazadan tuşib ketib, jiddiy jarohatlar oldi. Statistik ma'lumotlarga köra, bunday holatlardan söng bolalarning 80%i oğir jarohat oladi va tez yordam kelmasidan olamdan ötadi. Ammo bu ma'lumotni keltirişdan asosiy maqsad qörqitiş emas, balki ogohlantirişdir.

Köpinça bolalarning derazadan tuşib ketişiga kattalarning beparvoligi yagona sabab böladi. Axir, bola hali xavf-xatar nimaligini tuşunmaydi. Deraza tokçasi yonida öynaş yoki derazaga qöngan quş kutilmaganda fojyeaga olib kelişi mumkinligi uning xayoliga ham kelmaydi.

10 yildan ziyod vaqt mobaynida Özbekiston böylab xonadon va uylarga qulaylik va iliqlik baxş etib kelayotgan Ekopen kompaniyasi mutaxassislari romlar xavfsizligi haqida hamma ma'lumotlarga ega. Ular bolalarning xavfsizligini va ota-onalarning xotirjamligini ta'minlaşga yordam beradigan bir neça maslahatlar bilan örtoqlaşişadi.

Bola derazadan bexosdan tuşib ketişining oldini oliş yöllari

Qarovsiz qoldirmang. Agar xona derazalari oçiq bölsa, bolani doim köz ostingizda, nazoratda tuting. Bolalarni voyaga yetmaganlarga yoki keksalarga işonib qoldirmagan ma'qul. Kattaroq farzandlaringiz planşetda öyinga çalğib ketişlari, bobo va buvilarning esa bolalarga qaraşga kuçlari yetmasligi mumkin.

Haşarotlarga qarşi törlarga işonmang. Hatto eng mustahkam tör ham göyoki xavfsizlik ta'minlangandek tasavvur hosil qiladi, xolos. U bolaning vaznidan yirtilib ketmasa ham, kutilmaganda boğiçlaridan yeçilib ketişi mumkin.

Darçalardan foydalaning. Ba'zan xonaning havosini özgartiriş uçun rom darçasini oçiş yoki derazani burama-tuşirma mexanizm bilan xiyol oçib qöyiş kifoya. Gap yaqinlaringizning xavfsizligi töğrisida ketayotganida tejamkorlik haqida öylaş noörin, albatta. Bundan taşqari, uşbu qurilmalar hozir ança ommalaşib qolgan.