Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonning barcha aholisi hayotiga sezilarli darajada o‘zgarishlar olib kirdi. Ko‘plab kompaniyalar, shu jumladan eshik-rom profillari ishlab chiqaruvchilar ham yangicha sharoitga moslashishga majbur bo‘lmoqdalar. Chunki murakkab vaziyatga qaramay iste'molchilar yashash sharoitlarini yaxshilashlari, ta'mirlash ishlarini amalga oshirishlari va uylar qurishlari kerak. Bunday paytda uzoq yillar iliqlik va shinamlikni saqlovchi sifatli romlarsiz bo‘larkanmi?
O‘zbekistonda eshik va rom konstruksiyalar uchun PVX-profillar ishlab chiqarishda tan olingan yetakchilardan biri bo‘lgan Ekopen kompaniyasi mijozlarga nafaqat sifatli mahsulot va servis, balki xavfsizlik va ishonchlilik bo‘yicha yetakchi ishlanmalarni taklif etishga harakat qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston bozorida PVX-profillar ishlab chiqaruvchi 20dan ortiq kompaniya ishlamoqda. Raqobat juda yuqori bo‘lgan bozorda o‘z xaridorlari qalbiga yetib borish naqadar qiyinligini anglab yetgan Ekopen kompaniyasi turli aksiyalarni muntazam uyushtirib turadi va reklamaga kreativ yondoshadi.

Iyul oyida Ekopen yana bir nostandart reklamaga qo‘l urdi – ishlab chiqaruvchi kompaniya bevosita o‘zi qisqa metrajli «Tugamas remont» serialini taqdim qildi. Bu serial ko‘pchilik yosh oilalar o‘z turar joylarini ta'mirlab olishda qanday muammolarga duch kelishini hazilomuz tarzda ifodalab beradi.
Sitkomning barcha 10 epizodi – 60 sekundli mini-tarix bo‘lib, ko‘pincha bitmas-tuganmas tuyiladigan ta'mirlash ishlarining barcha «og‘riq»larini ochib beradi.
Yaqinda uylangan yosh yigit – Toshpo‘lat koronavirus pandemiyasi tufayli remont bu qadar cho‘zilib ketishini mutlaqo kutmagandi. Qaynonasining fe'l-atvoriga chidab kelayotgan kelinchak – Maftuna esa ta'mirlash yakunlanganidan so‘ng o‘z uyiga ko‘chib o‘tishni orzu qiladi. O‘z navbatida qaynona remont aynan uning sa'y-harakatlari bilan bo‘layotgani, qaysar kelin esa uni tushunmayotganiga ishonchi komil. Axir, u qanday qilinsa yaxshi bo‘lishini biladi-da. Ishchilarga-ku gap yo‘q – ishlari hamisha yurishmaydi va ularni to‘g‘ri ishlashga majbur qiladigan prorab kelguncha hammasi a'lo edi.
















