1-2 iyul kunlari Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari, "Özatom" agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov boşçiligidagi delegatsiya Vena şahriga taşrif buyurdi, deb xabar berdi Özbekiston TIV matbuot xizmati.

Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasi ma'lumotiga köra, delegatsiya xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boş direktori örinbosari – kafolatlar departamenti direktori Massimo Aparo, yadro energiyasi bölinmasi direktori Xan Doxa, yadro infratuzilmasini rivojlantiriş bölimi rahbari Milko Kovaçev va agentliknig boşqa bölinmalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralar çoğida yadroviy infratuzilmani rivojlantiriş böyiça Özbekistonning XAEA bilan hamkorligini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Özbekiston tomoni milliy yadro-energetika dasturining rivojlaniş holati, xususan birinçi atom stansiyasini quriş böyiça loyihani amalga oşiriş, kadrlar tayyorlaş va me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantiriş doirasida amalga oşirilgan işlar xususida ma'lumot berdi.

Özbekiston tomonidan atom stansiyasi uçun joy tanlaş borasidagi muhandislik tadqiqotlari, atom energiyasi sohasida davlat boşqaruv organlarini rivojlantiriş va boşqaruvni tartibga soliş, kadrlar tayyorlaş, qonunçilik bazasini takomillaştiriş böyiça olib borilgan işlar alohida qayd etildi.

Uzluksiz muloqotni ta'minlaş va axborotni öz vaqtida almaşiş uçun Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasida XAEA bilan hamkorlik qiliş uçun mas'ul yangi diplomat lavozimi joriy etildi. Şuningdek, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasini Sanoat xavfsizligi böyiça davlat qömitasiga aylantiriş orqali radiatsiyaviy va yadro xavfsizligini nazorat qiluvçi organ kuçaytirildi.  

Ötkazilgan uçraşuv va muzokaralar natijalariga köra, milliy yadro-energetika dasturini takomillaştiriş va professional kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan qator qöşma tadbirlarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi. Bundan taşqari, "Özatom" agentligi Özbekistonning Avstriyadagi elçixonasi bilan birgalikda 2019 yil sentyabr oyida bölib ötadigan XAEAning navbatdagi 63-boş konferensiyasi doirasida alohida xalqaro tadbirni taşkil etiş böyiça iş boşlaydi.