Samarqand xalqaro aeroportiga «Sankt-Peterburg – Samarqand» yönalişidagi aviareys bilan uçib kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosining sumkasidan 40ta tabletkadan iborat psixotrop modda topilgan. Bu haqda Samarqand viloyat bojxona boşqarmasi xabar bermoqda.  

Ma'lum bölişiça, «yaşil» yölakni tanlagan holda bojxona nazoratidan ötayotgan fuqarolardan biriga tegişli bagaj va qöl yuklari bojxona xodimlarida şubha uyğotadi.
Xolislar iştirokida fuqaroga tegişli bölgan bagaj sumkalari tekşirilganda, 4ta konvalutada jami 40 dona «Nitrazepam» nomli tabletkalar borligi aniqlangan.

Ekspert-kriminalistika ekspertiza xulosasiga köra, «Nitrazepam» tabletkalari Özbekiston Respublikasida muomalada bölişi çeklangan psixotrop moddalarning röyxatiga kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriş hamda olib çiqiş tartibi töğrisida»gi Nizomga muvofiq jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun tarkibida psixotrop moddalar bölgan dori vositalarni turli nomdagi 5tagaça va ulardan har birining ikkitadan ortiq bölmagan öramini davolaş kursi doirasida olib kiriş va olib çiqişda ruxsat berilişi körsatib ötilgan. 

Şuningdek, uşbu qarorga köra ötkaziş punktlarida bojxona çegarasini kesib ötişda jismoniy şaxslar ularda psixotrop moddalar borligini yölovçi bojxona deklaratsiyada qayd etişlari şart.