Afrika millatlari Kubogida 1/8 final öyinlari boşlandi.

Musobqa favoritlaridan biri Marokaş milliy jamoasi kamtarona Benin bilan kuç sinaşdi.

Marokaşliklar guruh bosqiçida barça öyinlarda ğalaba qozongan, beninliklar esa uçta durangni qayd qilib, faqat qöşimça körsatkiçlar orqali pley-offga çiqişgan edi.

Bu öyinning asosiy va qöşimça vaqtlari durang natija bilan yakunlandi. Marokaş asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalarda penaltidan unumli foydalana olmadi - «Ayaks» yarimhimoyaçisi Hakim Ziyoş «nuqta»da adaşdi.

Penaltilar seriyasida esa Benin ğalaba qozondi. 

Senegal esa 1/8 finalda Uganda bilan bellaşdi va Sadio Mane tomonidan urilgan yagona gol evaziga ğalaba qozondi.

Senegal çorakfinalda Benin bilan bellaşadi.

Çorak final yöllanmasi uçun 6-8 iyul kunlari Nigeriya – Kamerun, Misr – JAR, Madagaskar – Kongo DR, Jazoir – Gvineya, Mali – Kot-d`Ivuar hamda Gana – Tunis juftliklari özaro kuç sinaşadi.

Afrika Kubogi
Pley-off
1/8 final

Marokaş – Benin 1:1 (pen. 1:4)
5 iyul, Qohira, «Al Salam Stadium» 
Gollar: 0:1 – 53 Adilyu, 1:1 – 75 En-Nesiri. 
Amalga oşirilmagan penalti: Ziyoş (90+6)
Marokaş – Bunu, Saiss, da Koşta, Hakimi, Belhanda (Bufal, 59), Bussufa, El-Ahmadi (Fajr, 107), Ziyoş, Amrabat (Idrissi, 88), Diror (Mazravi, 74), An-Nesiri.
Benin – Allagbe, Adilyu, Verdon, Adenon, Imoru, Sessenon, Adeoti, Dossu (Anaan, 87), Seybu, Suku (Jigla, 69), Pote (D'Almeda, 108).
Ogohlantirişlar: Adenon (41), Suku (51), Idrissi (90), El-Axmadi (100), Seybu (105), Anaan (106).
Çetlatiş: Adenon (97).

Uganda – Senegal 0:1 (0:1, 0:0)
5 iyul, «Cairo International Stadium» 
Gol: 0:1 – 15 Mane.