Ijtimoiy tarmoqlarda Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan jinoiy iş körib çiqilayotgan sud zalidan olingan video tarqaldi. Unda A.Tursunboyev faoliyatiga aloqador ayrim jihatlarni ma'lum qilgan.

«Fuqarolardan olgan pullarni ferma va çorvani rivojlantiriş uçun işlatganman. Dehqonçilik qilganman, yiliga 50, 60, ba'zida 100 gektar yerda kartoşka ekardim. Mol boqardim. Tirikçilikni mana şunday uşlaganman. Fuqarolarning pulini «oborot» qilganman, şuning hisobidan vaqtida pullarni qaytarib, joy-joyiga qöyib berganman. Şu sababdan odamlar köpayib ketgan. Men odamlarni aldab, qiziqtirmaganman. Ularning özi bir-birini olib kelardi. Qanday qilib men firibgar bölaman? Firibgarlik qilib birovning pulini olib çiqib ketdimmi yoki çet davlatga çiqib ketdimmi? Topgan daromadimni faqat fuqarolarga tölaganman. Oyiga topgan 100-500 ming dollarni faqat fuqarolarga tölaganman», - dedi Ahmadboy.

Şuningdek, u odamlar valutani qanday olib kelgani haqida gapirgan.

«Bittasi keladi va 10 ming dollar beradi, 10 oydan keyin u 20 ming dollar olyapti. 20 ming pulini keyin 40 ming, söng 80 ming qilib olyapti. Tagini olib qaraganda, bir fuqaro 200-300 ming dollar foyda qilyapti-da, 20-30 ming dollarga ariza yozyapti. Men 12 ming fuqaroga pul yetkazib bera olmayman. Menda pul ham yöq. Ertaga, bu fuqarolardan 4-5 mingga yaqin odam bizga foydaga kirib ketgan, öşa pullar qaytarilsa fuqarolarga pul yetadi. Agar men jinoyatçi bölsam, fuqarolar kim unda? Ular menga pul berib, valuta olib kelganmi? Valutani asos qilib keltirib bera olmaydi-ku. Bizga daftarni bersin, hammasini asos qilib qöyib beramiz. Şuning uçun men xodimlardan ham, prokuratura vakillaridan, tergovçilardan, sudyalardan ham yordam sörayapman. Mening ilojim yöq, bu vaziyatdan çiqa olmayman. Bu hazilakam pul emas, mening qurbim ham yetmaydi. Bu 500 ming dollar, 1 mln dollar emas, bu 40 mln dollardan oşiq pul. Qani u pullar?» - deya ta'kidlab ötdi u.

Şu bilan birga, A.Tursunboyev pullar talon-toroj qilingani haqida aytgan.

«Nega meni öşa yopgan paytda tergovçilar - mana sening pullaring, mana sening tillang, mana sening moling, deb asos qilib qöyib bermadi? Sababi meni olib borib qamagan. Men qayerdan u pulni yetkazib beraman? Pulning hammasi talon-toroj bölib ketgan-ku. Menda kirim bölgan, foyda qilganman, yaxşi daromad bölgan, şuning hisobidan odam köpaygan. Agar ozgina daromad bölmasa, uni torta ham olmaysiz», - dedi Ahmadboy.