Joriy yilning 4 iyul kuni Istanbul şahrida Energetika islohotlari böyiça Markaziy Osiyo ikkinçi konferensiyasi bölib ötdi. Tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Turkiya Respublikasi Energetika vazirligi kömagida ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabariga köra, konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Afğoniston energetika vazirliklari hamda davlat kompaniyalari rahbarlari iştirok etdi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Tadbirning oçiliş marosimida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi boş direktori Mitxat Jonsiz, Özbekiston Respublikasi energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev sözga çiqdilar.

Özbekiston Respublikasi energetika vaziri örinbosari öz sözida elektr energiyasi mintaqaviy birjasini taşkil etişni taklif qildi. Mazkur taşabbus konferensiyaning barça iştirokçilari tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi uşbu taşabbusni amalga oşirişda Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda yordam berişga, öz navbatida OTB ham uşbu masalada mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir doirasida mintaqa davlatlari energiya tizimini integratsiya qiliş, şuningdek bu borada hamkorlikni yölga qöyiş masalalari muhokama etildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Konferensiya yakuni böyiça energetika sohasi islohotlari böyiça hamkorlik qiliş hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratiş xususida qöşma deklaratsiya imzolandi. 

Qayd etiş kerak, Energetika islohotlari böyiça Markaziy Osiyo birinçi konferensiyasi Özbekiston hukumatining taşabbusi bilan OTB kömagida 2018 yilda Toşkent şahrida ötkazilgan edi.