Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimligi Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosarining xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda
2019 yilning 4 iyul kuni qalampir.uz saytida Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosarining tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i bilan suhbati e'lon qilindi.
Unda hokim o‘rinbosari bog‘chalarni nazoratchilar tekshirayotgani va ular asosan ombor va oshxona bilan tanishayotganligini ta'kidlab, ushbu tekshiruv paytida kamchiliklar aniqlanmasligi uchun barcha MTMlari mudiralari bozordan barra oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, omborxonalariga qo‘yishlari, oshxonalarini sarishta saqlashlari haqida topshiriq bergan va tekshiruv tugaganidan so‘ng xarid qilingan mahsulotlarni uylariga olib ketishlari mumkinligini aytgan.
“Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar MTB hamkorligida maxsus komissiya tuzildi hamda hozirda ushbu ish bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli barcha choralar ko‘riladi, zarur bo‘lsa, mansabdor shaxslar ham ishdan bo‘shatiladi”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Bundan tashqari, maxsus komissiya poytaxtdagi barcha MTMlarda bo‘lib, ularning mudiralari ishtirokisiz tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashishi hamda bog‘chalardagi taomnoma va bolalarning ovqatlanish sifatini o‘rganishi aytilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026