Qöşma Ştatlar Germaniyani Suriya şimoli-şarqiga Amerika qöşinlarini qisman almaştiriş uçun yerusti qöşinlarini jönatişga çaqiradi. Bu haqda AQŞning Suriya böyiça maxsus vakili Jyeyms Jyeffri Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
"Biz Germaniyaning harbiy xizmatçilarimiz örnini egallaş uçun yerusti qöşinlarini jönatişini istaymiz", - dedi u.
Maxsus vakil gap jangovar missiya haqida emasligini bildirdi.
"IŞIDni Suriyadagi mahalliy kuçlar siqib çiqarişi mumkin. Ammo logistika, texnik yordam körsatiş uçun bu yerda xalqaro kuçlar bölişi zarur", - deya tuşuntiriş berdi u.
Hozirda Germaniyaning Tornado qiruvçi samolyotlari razvedka işlarini ötkazadi va ittifoqçilarning samolyotlariga havoda yonilği quyiş bilan şuğullanadi.
U IŞIDning qölga olingan jangarilarini nima qiliş töğrisidagi savolga javob berarkan, "barça davlatlar öz fuqarolarini qaytarib olişi kerak"ligini aytgan.














