1931 yili Örta Osiyo temir yöl muhandislari instituti sifatida taşkil topgan, ayni paytda «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Toşkent temir yöl muhandislari instituti öz profilini kengaytirmoqda.
Oliygohda 22 ta kafedra faoliyat olib boradi, 20 ta bakalavriat va 15 ta magistratura ta'lim yönalişlari böyiça mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta'lim muassasasidagi özgarişlar böyiça prorektor Abdulaziz Ğulomov Kun.uz'ga intervyu berdi.

─ Temiryöl instituti faqat bitta yönaliş uçun kadr çiqaradi, bitta soha uçun işlaydi, «Temiryöl» ning özi ham monopol taşkilot bölganligi uçun, institut boşqalarga kadr yetiştirmaydi, deyişadi. Hozirgi qabul jarayonida ham buyurtmaçi bitta böladi, degan qaraş yuradi. Har yili qabul jarayonida kadr buyurtmaçisi bitta bölib qoladimi? Bu yilgi qabulning ötgan yilgilaridan farqi bormi?
─ Bu qaraş notöğri. Biz bitta korxona uçun işlamaymiz. Albatta, asosiy kadrlar iste'molçisi «Özbekiston temiryöllari» AJ tarkibiga kiruvçi korxona va taşkilotlar hisoblanadi. Şunga qaramay, institutda juda köp yönalişlar, xususan umumiy transport, logistika, quriliş, iqtisodiyot va biznes, kasb ta'limi yönalişlari ham mavjud. Nafaqat «Özbekiston temiryöllari»ga, balki iqtisodiyotdagi turli sohalar uçun kadr tayyorlaymiz.
Ilgari alohida bölgan «Özbekkömir», «Toşkent metropoliteni» ham temiryöl tizimiga ötkazildi. Hozir esa ularga ham kadr tayyorlaymiz. Joriy yildan konçilik işi, kömir qazib oliş böyiça ham kadr tayyorlaşni boşlaymiz. Bu biz uçun yangi soha. Şuning uçun çetdan öqituvçilarni jalb qiliş rejalaştirilgan.
─ Profilga mos bölmagan sohalarni qamrab olişning samaradorlikka salbiy ta'siri yöqmi?
─ Yöq, salbiy ta'siri yöq. Har bir ta'lim yönalişining öz me'yoriy hujjatlari böladi, professor, öqituvçilarni jalb qiliş kerak böladi. Agar jarayon töğri taşkil etilsa, boşqa ta'lim yönalişlarini ham qamrab oliş imkoniyati paydo böladi. Lekin bu vazifaning öziga yaraşa qiyinçiligi borligini e'tirof etiş kerak.
Yangi taşkil etiladigan konçilik işi yoki ötgan yili taşkil etilgan Dronlarni loyihalaş va ekspluatatsiya qiliş işi böyiça ma'lum jihatdan ança işlaşga töğri keldi. Dunyoda tan olingan dron işlab çiqaruvçi korxonalar, oliy ta'lim muassasalariga mutaxassislarni yuborib, tayyorladik.









