Toşkent şahri Uçtepa tumanining Qörğontepa mahallasida 90 sotix böş maydonda dam oliş maskani taşkil etiş işlari boşlandi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati qayd etişiça, bu loyiha hudud iqlimini yaxşilaş, çang miqdorini kamaytiriş hamda aholi uçun maroqli hordiq çiqariş imkoniyatlarini yaratişga qaratilgan.

Suv havzasi 340- va 346-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlari oraliğida joylaşadi. Uning maydoni 0,37 gektarni, çuqurligi esa 2 metrni taşkil etadi.

Köl drenaj quduqlari va ariqlardan keladigan tabiiy suv oqimi hisobiga töldirilişi közda tutilmoqda. Unda çömiliş taqiqlanadi.

Kölga tutaş hududda ösayotgan 66 tup manzarali daraxtning barçasi saqlab qolinişi vaʼda qilingan. Şuningdek, u yerga yangi daraxtlar ham ekiladi. Suv havzasi atrofida sayr yölaklari va örindiqlar böladi.

Loyihani 2026-yil oxirigaça yakunlaş rejalaştirilgan.