Bugun, 9 iyul kuni prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunakatsiyalari agentligida Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 aprelda qabul qilingan «Aholi muammolari bilan işlaşda mahalla institutining mavqeyini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan brifing ötkazildi.
Unda Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi boşqaruvi raisi Şavkat Javlonov, kengaş ijro apparati xodimlari, fuqarolar yiğinlari raislari va jurnalistlar iştirok etişdi.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilda bölib ötgan saylovlar natijasiga köra, 9093ta mahallaga raislar saylangan va ularning 60 foizidan ortiği yangi raislardir. Ularning 11,6 foizi yoki 1025 nafari ayollar. Raislar orasida sobiq pedagoglar köpçilikni taşkil qilgani holda pensiyaga çiqqan huquqni muhofaza qiliş xizmatlari xodimlari ham ançagina (17 foiz).
Sohada 22 ming nafardan ortiq xodim doimiy asosda maoş olib işlayotgan bölsa, 2,5 mln nafardan ortiq köngillilar jamoatçilik asosida işlaydi.
Respublika kengaşi boşqaruvi raisi Şavkat Javlonov hududlarda mahalliy hokimliklarda hamon mahalla raislari va faollari özlariga aloqador bölmagan işlarga jalb qiliş holatlari köpligini ta'kidladi.
Holbuki fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar va tuman (şahar) kengaşlari hamda fuqarolar yiğinlari xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yönalişlari bilan boğliq bölmagan yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qiliş, ularning faoliyatiga asossiz aralaşiş, taalluqli bölmagan vazifalarni yuklaş, şuningdek fuqarolar yiğinlari balansida bölgan binolarni boşqa şaxslarga biriktiriş yoki asossiz ravişda olib qöyiş taqiqlanadi.
«Oddiy misolga e'tibor bering, Andijondagi bir mahalla raisi malaka oşiriş uçun Toşkentga çaqirilgan. Rais öqişda payti tuman hokimi uni noqonuniy ravişda böşatib, örniga boşqa hududdan bir kişini rais qilib tayinlayapti. Axir rais tayinlanmaydi, saylanadi. Uni saylaşning öz tartibi bor. Hokimga bunday qilişga kim huquq berdi? Amaldagi qonunni buzişga heç kimning haqqi yöq», deya misol keltirdi Şavkat Javlonov.









